“Xalq soʻzi” gazetasining sobiq xodimi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari etib tayinlandi

10:40 05 Avgust 2019 Jamiyat
325 0

Hasan Toshxoʻjayev Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmati rahbari — qoʻmita raisining matbuot kotibi etib tayinlandi.

U raisning axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi boʻlib, maqomiga koʻra oʻrinbosarga tenglashtirilgan.

Hasan Toshxoʻjayev 1982-yili Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan. “Qishloq hayoti”, “Xalq soʻzi” gazetalarida muxbir, masʼul kotib oʻrinbosari, sharhlovchi vazifalarida faoliyat yuritgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Xalq taʼlimi vazirligining axborot xizmatida ishlab kelayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?