“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?

13:15 11 Sentyabr 2020 Jamiyat
384 0

1. Bitta texnika bilan ham yetilgan paxtani terib olish, ham yerni tekislash, shudgorlash yoki gʻoʻza qator oralariga ishlov berish — bu, bizningcha har bir fermerning orzusi boʻlsa kerak. Axir kim ham shunday universal texnikasi boʻlishni xohlamaydi, deysiz. Eʼtiborlisi, bizda, aniqrogʻi, “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” aksiyadorlik jamiyatida ana shunday texnika ishlab chiqarilmoqda. Bu qanday texnika ekaniga qiziqyapsizmi? Unda “Xalq soʻzi” muxbiri Dilshod Ulugʻmurodovning “Toʻrt yuz kishining oʻrnini bosuvchi zamonaviy mashina Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ishlariga bir nazar.” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolani oʻqing.

2. Butun dunyo boʻylab keng tarqalgan koronavirus pandemiyasi iqtisodiyotning barcha tarmogʻi, xususan, global mehnat bozoriga va aholi bandligini taʼminlash sohasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori esa mamlakatimizda kambagʻal hamda ishsiz fuqarolarning mehnatga boʻlgan faolligini oshirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirishda muhim huquqiy asos boʻldi.Mazkur qaror yana nimalarni nazarda tutadi? Pandemiya sharoitida uning ahamiyati qanday? Mazkur savollarga mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, Oliy Majlis senati aʼzosi Rahmat Mamatovning “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarning mehnatga boʻlgan faolligi yana-da oshiriladi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolasini oʻqib bilib olishingiz mumkin.

3. Hukumatimiz tomonidan tegishli vazirlik va tashkilotlar ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Xoʻsh unda mehnat huquqi bilan bogʻliq qanday yangiliklar bor? Ushbu savolga javob olishni istasangiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi Mavludaxon Xoʻjayevaning “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasida qanday yangiliklar bor?” sarlavhali maqolasini oʻqishni tavsiya qilamiz.

4. Surxon vohasida oʻrmon xoʻjaligini yana-da rivojlantirish uchun tabiat inʼom etgan neʼmatlar bisyor. Birgina misol. Viloyatda Boysun, Surxondaryo, Bobotogʻ, Uzun va Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaliklari hamda Hisor ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaligining umumiy yer maydoni 376 ming 73 gektarni tashkil etadi. Mazkur oʻrmon xoʻjaligi imkoniyatlaridan qanchalik unumli foydalanilmoqda? Bu yerda shifobaxsh oʻsimliklar parvarishi iqtisodiyotimizga qancha foyda keltirishi mumkin? Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi Mavjuda Hasanovaning “Oʻrmon xoʻjaligi: milliardlab daromad topish imkoniyatidan qachon foydalanamiz?” sarlavhali maqolasida atroflicha toʻxtalib oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?