“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?

11:49 29 Avgust 2020 Jamiyat
379 0

1. “Kasallikka qarshi kurashish va yordamga muhtojlarga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berildi”. Ushbu sarlavhali materialda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust kuni koronavirusga qarshi kurash masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi tafsilotlari ochib berilgan.

2. Bugungi pandemiya sharoitida yurtimizda taʼlim jarayoni qanday tashkil etiladi? Prezidentimiz raisligida 28-avgust kuni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ayni shu masalalar muhokama etildi. Yigʻilishda koʻtarilgan masalalar, mutasaddi tashkilotlarga berilgan vazifa va topshiriqlar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishni xohlasangiz, “Pandemiya sharoitida taʼlim jarayonini tashkil etish choralari belgilandi” sarlavhali maqolani oʻqing.

3. Mamlakatimiz Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari, davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari, shuningdek, chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizdan kimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi? Gazetaning ushbu sonida chop etilgan Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonlari bilan tanishib, bu haqida bilib olasiz.

4. Oliy Majlis Senati aʼzosi, siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “2020 — millatni ulgʻaytirgan yil” sarlavhali maqolasida joriy yilda xalqimiz boshiga tushgan koʻrguliklar, falokatlar va ularni yengib oʻtishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan koʻrilgan oqilona chora-tadbirlar, xalqimizning mardonavorligi, hamjihatligi yana bir bor namoyon boʻlgani tahlil qilinadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishi va uni oʻzgartirish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar gazetada chop etilgan “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunida bayon qilingan.

6. Hokimiyat vakillik organlari, barcha darajadagi deputatlar korpusi faoliyatining mamlakatimizda demokratiyani yana-da rivojlantirish, haqiqiy xalq hokimiyatchiligi, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yana-da kuchaytirishdagi oʻrni va ahamiyati... Ushbu masalalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yangi Oʻzbekiston — vakillik organlari rivojining yangi bosqichi” mavzuida parlament konferensiyasida keng muhokama etildi. Tadbir tafsilotlari bilan “Yangi Oʻzbekiston — vakillik organlari rivojining yangi bosqichi” sarlavhali maqolada tanishasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?