“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida nimalar chop etildi?

08:15 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
593 0

Arxiv foto

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda qanday masalalar muhokama qilinib, qanday vazifalar belgilanganiga qiziqyapsizmi, u holda “Sanoat tarmoqlaridagi natijalar va qoʻshimcha imkoniyatlar muhokama qilindi” sarlavhali xabarni oʻqishni tavsiya qilamiz.

2. 2020-yil 21-oktyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilgan majlis tafsilotlari bilan gazetaning mazkur sonida batafsil tanishishingiz mumkin.

3. Yangilanayotgan Oʻzbekiston bugun oʻz oldiga shunchaki rivojlanishni emas, balki turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan oʻrin olishni asosiy maqsad qilib qoʻygan. Buning isbotini xalqaro moliyaviy tashkilotlar tarqatayotgan hisobotlardan ham bilish mumkin. Ularga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsish bilan chiqadigan mamlakatlar safidan oʻrin oladi. Pandemiyaga qaramasdan mamlakatimiz bunday natijalarga nimaning evaziga erishmoqda?

Mazkur savolga TDIU professori, iqtisodiyot fanlari doktori Bahodir Hasanovning “Oʻzbekistonga xalqaro moliya tashkilotlarining ishonchi baland. Buning boisi nimada?” sarlavhali maqolasi orqali javob olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?