“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida nimalar chop etildi?

11:21 25 Sentyabr 2020 Jamiyat
712 0

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — iqtisodiyotning oʻsish nuqtalaridan biri, aholi bandligini taʼminlashning katta manbai. Shu bois mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Mamlakatimiz ana shu sohada qanday yutuqlarga erishilmoqda? Qaysi hududlarda tadbirkorlik rivoji holati yaxshi, qaysi hududlarda esa qoniqarsiz? Ana shu masalalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida muhokama qilindi.

2. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan 2021-yilda Xiva shahrida “Markaziy Osiyo — jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzuida xalqaro forumni oʻtkazish tashabbusi YUNESKO tomonidan qanday kutib olindi? YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim ushbu tashabbusga qanday munosabat bildirdi?

Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyevning “YUNESKO Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolada ana shu savollarga atroflicha javob berilgan.

3. Oʻzbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi pragmativligi, haqqoniyligi va real hayotiyligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Buni jahon hamjamiyati, xalqaro ekspertlar, siyosatchilar ham eʼtirof etmoqda. “Xalq soʻzi” gazetasi bosh muharriri Oʻtkir Rahmatovning “Jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtibori Oʻzbekistonga qaratilgan Bunga mamlakatimiz yetakchisining konstruktiv tashabbuslari sabab boʻlmoqda.” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolada mazkur nutqda ilgari surilgan mintaqa va jahon ahamiyatiga molik tashabbus va takliflarning ahamiyati ochib berilgan.

4. Kuz faslidan boshlab havo salqinlasha boshlaydi va fuqarolarning tabiiy va suyultirilgan gaz, issiqlik taʼminotiga boʻlgan ehtiyoji ortadi. Xoʻsh, bu borada Fargʻona viloyatida qanday tayyorgarlik koʻrilmoqda?

“Xalq soʻzi” muxbiri Botir Madiyorovning “Fargʻona kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor?” sarlavhali maqolasi orqali mazkur savolga javob olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?