“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida nimalar eʼlon qilindi?

00:25 26 Avgust 2020 Jamiyat
463 0

1. Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradigan ushbu muhim huquqiy hujjat bilan gazeta sahifalarida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

2. Shu yilning 24-avgust kuni Prezidentimiz tomonidan “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi.

Uning ahamiyatli jihati nimada? Ushbu hujjat tadbirkorlar uchun qanday qulaylik yaratadi?

Savollarga turli idora va tashkilotlar mutasaddilari, tadbirkorlar hamda investorlarning mazkur Farmonga munosabati orqali javob olishingiz mumkin.

3. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning soʻzlariga koʻra, pandemiya tufayli dunyoning qariyb 160 mamlakatida maktablarning yopilgani 1 milliarddan ortiq oʻquvchilar hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Bu masalada Oʻzbekistoning yondashuvi qanday boʻlishi kerak? Bunday sharoitda maktab taʼlimini qanday shaklda yoʻlga qoʻyish lozimi? Xoʻsh, hozirgi murakkab jarayonda mamlakatimiz taʼlim tizimida qanday islohotlar qilinishi kerak? Umuman, taʼlim-tarbiya sohasida bugun qanday muammolar bor va ularni bartaraf etish qaysi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda?

“Xalq soʻzi” muxbiri Temur Eshboyevning Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov bilan uyushtirgan suhbati (“Mamlakat taraqqiyoti nafaqat tabiiy resurslarga, balki yuksak bilimli va malakali kadrlarga ham bogʻliq” sarlavhasi ostida) orqali ana shu savollarga atroflicha javob olishingiz mumkin.

4. Byudjet mablagʻlari qanchalik samarali va maqsadli sarflanyapti? Bu borada qonunbuzilish holatlari kuzatilmayaptimi? Ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar qanchalik samarali sarflandi? Byudjet mablagʻlarini sarflashda qanday kamchiliklarga yoʻl qoʻyildi?

Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarining davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yakunlariga bagʻishlangan “Xalq soʻzi” muxbiri Ziyoda Ashurovaning “Byudjet mablagʻlari samarali va maqsadli sarflanishi zarur” sarlavhali maqolasida ana shu savollarga batafsil javob berilgan.

5. Bugungi kunda mamlakatimizda 10 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari mavjudligini inobatga olsak, ular faoliyatini qoniqarli deyishga hali erta. Yaʼni davlatning fuqarolik jamiyati bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari yoʻlga qoʻyilmagan, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlari hanuz tizimli tahlil qilinmayapti. Bunga nima sabab boʻlmoqda? Bunda qanday toʻsiqlar mavjud?

“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi Gulnora Mahmudovaning “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga nima toʻsqinlik qilmoqda?” sarlavhali maqolasida bu haqda batafsil tanishasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?