“Xalq soʻzi” gazetasining 2020-yil 18 avgust sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?

08:23 19 Avgust 2020 Jamiyat
384 0

1. “57 mamlakatning lider ayollari nimani muhokama etishdi? Oʻzbekistonning qaysi sohadagi ilk ishtiroki yoki qanday muvaffaqiyatli eʼtirof haqida gap ketayotgani bilan qiziqsangiz “Ilk ishtirok va muvaffaqiyatli eʼtirof” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolani oʻqishni tavsiya qilamiz. Zero, unda 57 mamlakatning yirik xalqaro tashkilotlari rahbar ayollari ishtirokida oʻtgan xalqaro sammit tafsilotlari bayon etilgan.

2. Global iqlim oʻzgarishi va pandemiya. Bogʻliqlik nimada? Gazeta sahifalarini varaqlasangiz, ushbu savolga javob topasiz. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Muqaddas Tirkasheva va Mohira Xoʻjayevaning nuqtayi nazari asosida eʼlon qilingan maqolada global iqlim, pandemiyaning yaxshi va yomon tomonlari tahliliy ochib berilgan.

3. Harir libosi aro yasan-tusan qilayotgan “kelinchak” haqida eshitganmisiz? Gazeta sahifalaridan oʻrin olgan “Eli shod, koʻrki obod Soʻx” sarlavhali maqolada aynan ushbu “kelinchak” haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlasiz.

4. Qiynoqqa solish. Afsuski, bu bilan bogʻliq qilmishlar keyingi paytlarda koʻp uchramoqda. Xoʻsh, bunga nima sabab? Ayni shu yoʻnalishni yana-da takomillashtirish maqsadida yaqinda qabul qilingan Prezident Farmoni mazmun-mohiyati, xususan, qiynoqqa solish bilan bogʻliq qilmishlar sodir etilishi oldini olishning samarali mexanizmlari joriy qilinayotgani haqida Bosh prokuratura Akademiyasi kafedra boshligʻi Xurshid Karimov maqolasi orqali tanishish mumkin.

5. Oramizda karantin yumshatilganini notoʻgʻri talqin qilayotganlar ham bor. Lekin bunday qarashlar qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi haqida muxbirimiz Botir Madiyorovning “Karantin cheklovlari yumshagani xavf yoʻqoldi, degani emas” sarlavhali maqolasi orqali yana-da koʻproq tushunchaga ega boʻlish mumkin.

6. Oʻzbekistonda oliy taʼlimning tarixiy ildizlari qayerga borib taqaladi? Shular haqida bilmoqchi boʻlsangiz gazetamiz sahifalarida eʼlon qilingan “Oʻzbekistonda oliy taʼlimning tarixiy ildizlari yana-da qadimiy” sarlavhali maqolani oʻqishni tavsiya etamiz. Chunki ushbu masalaga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, akademik Ahmadali Asqarovning ilmiy qarashlari singdirilgan.

7. Reklama faqat daromad olish uchunmi? Yoxud tashqi reklama faoliyati bugungi kun talablariga javob bermaydi. Transport vositalarida, metrodagi, jamoat joylardagi (parklar, bozorlar va boshqalar) tashqi reklamalar tegishli qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli tartibi asosida yuritilmayapti. Ana shunday tahlillaru oʻrganishlarga, tavsiyalarga boy boʻlgan “Tashqi reklama sohasini tartibga solishda qanday muammolar bor?” sarlavhali maqola orqali tanishib olishingiz mumkin.

8. “Alohida soliq imtiyozlari. Bu tuman ahliga nima beradi?” Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Shukurullo Nisbatxonov muallifligidagi ushbu sarlavhali maqolada Soʻx tumani aholisiga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida qiziqarli maʼlumotlar aks etgan.

Shuningdek, gazetamizning bugungi sonida yana koʻplab bir-biridan qiziqarli va tahliliy maqolalar eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?