“Xalq soʻzi” gazetasining 18-avgust sonida qanday materiallar chop etildi?

15:55 18 Avgust 2020 Jamiyat
263 0

1. “Takror va takror aytaman: har bir fuqaroning solii va hayoti biz uchun muhim. Biz xalqimizni koronavirus balosidan asrab qolish uchun barcha kuch-imkoniyatlarni ishga solyapmiz, jahondagi eng ilor davolash tajribalarini olib kelyapmiz”.

Prezidentimiz 17-avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan oʻtkazilgan videoselektorda yurtimizda koronavirusga qarshi qanday choralar koʻrilayotganligini haqida gapirar ekan, har bir fuqaroning hayoti muhim ekanligiga yana bir bor urgʻu berdi. Ayni chogʻda karantin talablari yumshatilayotgan boʻlsa-da, har birimiz hushyorlik va ogohlikni yoʻqotmasligimiz, yaʼni “temir intizom”ga amal qilishimiz kerakligini alohida taʼkidladi.

Shu yigʻilish davomida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga qanday shart-sharoit yaratilganiyu yana nimalarga eʼtibor qaratishimiz zarurligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

2. Odam savdosi XX asrning eng dahshatli “balolari”dan biri, desak sira mubolaa boʻlmaydi. Shu bois unga qarshi xalqaro miqyosda ham, alohida davlat darajasida izchillik kurash olib borilyapti. Shuningdek, bizda ham odam savdosiga qarshi keskin choralar koʻrilmoqda. Avvalo, uning huquqiy asosi yaratilgan boʻlib, zamonga mos ravishda takomillashtirib borilayotir.

Gazetamizning shu sonida eʼlon qilingan “Odam savdosiga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Qonun ana shu maqsadga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur hujjatda tegishli idoralarning mazkur yoʻnalishdagi vazifalari va vakolatlari aniq belgilab berilgan boʻlib, bu odam savdosiga qarshi kurashda oʻz samarasini berishi, shubhasiz.

3. Dunyoning aksar rivojlangan davlatlari tarixiga nazar solinsa, ularda vaqtida tadbirkorlikka alohida eʼtibor va keng oʻrin berilgani bois taraqqiyot pillapoyalaridan tez koʻtarilib borganligini koʻramiz. Shu bois ham keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik rivojiga katta eʼtibor berilyapti.

Prezidentimizning gazetamiz sahifalarida eʼlon qilingan «Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori shunga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda aynan Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirishga urgʻu berilgan. Nima uchun? Negaki, bu zaminda tadbirkorlik sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar koʻp. Ulardan unumli foydalanish voh istiqbolini belgilab beradi. Mazkur qarorda shu maqsadda nima chora-tadbirlar koʻrilishi batafsil koʻrsatib oʻtilgan.

4. Karantin talablari birmuncha yumshatildi, ammo bu xotirjamlikka berilish uchun asos boʻlmaydi. Gap shundaki, talablar xalqimizni oʻylab koʻrilgan bir chora, biroq koronavirus xavfi deyarli yumshagani yoʻq. Shunday vaziyatda barchamizdan koronavirus sharoitida ham unga qarshi kurashmoimiz, ham ishlashni oʻrganishimiz talab etiladi.

Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida ana shu masala chuqur tahlil qilindi. Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva onlayn qatnashdi va nutq soʻzladi. U hududdagi barcha tizimlar rahbarlarini hozirgi sharoitga moslashgan holda, mehnat qilishga undadi.

5. Gazetamiz sahifalarida “Navqiron avlodning siyosiy faolligini taʼminlashga xizmat qiladigan haqiqiy maydon” sarlavhali maqola ham eʼlon qilinmoqda.

Unda taʼkidlanganidek, davlat va jamiyat boshqaruvida, qonun ijodkorligi jarayonida, umuman, barcha soha rivojida yoshlarning fikrlari hamda saʼy-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish uchun yoshlarga koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, shu yilning 2-mart kuni davlatimiz rahbarining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan dasturda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga yana-da kengroq jalb etish maqsadida Oliy Majlisning har ikkala palatasi huzurida Yoshlar parlamentlari tashkil qilindi.

Maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga bir oy davom etgan saylovlarda mamlakatimiz boʻylab turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 11 mingdan ziyod yoshlar orasidan 250 nafar aʼzo saylangani, bu jarayon demokratik tamoyillar asosida, erkin raqobat muhitida, qizgʻin tortishuv va bahs-munozaralar sharoitida oʻtkazilgani alohida qayd etilgan.

“Yoshlar parlamenti shunchaki, oddiy tuzilma emas, balki yoshlarimizning siyosiy faolligini taʼminlashga xizmat qiladigan haqiqiy maydondir. — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov. — Navqiron avlodni qoʻllab-quvvatlash, siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini boyitish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etish, qabul qilingan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib etish hamda yigit-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlikning oldini olishda Oliy Majlisga va davlat hokimiyatining boshqa organlariga samarali yordam beradi, deb ishonamiz. Shu oʻrinda biz Yoshlar parlamenti faoliyatining natijalaridan foydalanish masalasiga oʻta jiddiy hamda katta masʼuliyat bilan yondashgan holda hamkorlik qilishga tayyormiz”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?