“Xalq soʻzi“ — futbol turniri sovrindori!

17:46 05 Dekabr 2018 Sport
219 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻrtasida oʻtkazayotgan mini-futbol musobaqasi nihoyasiga yetdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

1-5 dekabr kunlari, OʻFAning sunʼiy maydonida kechgan bahslarda jami 24 ta jamoa ishtirok etdi. Dastlab jamoalar 4tadan 6 ta guruhga boʻlingan holda uch kun davomida guruh oʻyinlarini oʻtkazdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Guruh gʻoliblari va eng yaxshi natija qayd etgan ikkita ikkinchi oʻrin sohiblari, jami 8 jamoa chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Chorak finalga chiqqan jamoalar ichida “Xalq soʻzi“ gazetasi jamoasi ham bor edi. Bu bosqichda Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga qarshi bahs olib borgan hamkasblarimiz yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Yarim finalda esa MTRK jamoasiga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Uchinchi oʻrin uchun bahsda esa “Xalq soʻzi“ vakillari “Sharq“ NMAK jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, turnirning bronza medallariga ega chiqdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Turnir finalida MTRK jamoasi “Zoʻr TV“ jamoasi bilan kuch sinashib 2:0 hisobida zafar quchdi va bosh sovrin egasiga aylandi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?