Xalq qalbiga yaqin kitob

18:12 08 Oktyabr 2019 Madaniyat
174 0

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida shoir va yozuvchi Zokir Xudoyshukurning “Choʻlpon” nashriyotida nashr etilgan “Tuzoq” nomli badiiy kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda taniqli adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, yosh ijodkorlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”
Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”
Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”
Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Qissa va hikoyalarni oʻz ichiga olgan kitobni varaqlar ekansiz, undagi har bir ijod mahsuli yuksak mahorat namunalari ekaniga guvoh boʻlasiz. Asarlarda qadim oʻzbek xalqining, jumladan, Boysun elining tarixiy udumlari, mif va asotirlari, xalq ogʻzaki ijodining nodir namunalari aks etgan. Jumladan, “Tuzoq” qissasi oʻquvchini tarix qariga yetaklaydi. Unda ozodlik kurashchisi Madaminbekning tom maʼnodagi badiiy obrazi yaratilganki, asarni mutolaa qilish mobaynida ushbu qahramonga beixtiyor mehr qoʻyasiz. Uning orzu-armonlari, qaygʻu-hasratlari qalbingizga ham koʻchadi. Shu maʼnoda, “Tuzoq”ni xalq qalbiga yaqin kitob, deyish mumkin. Majmuaga jamlangan asarlar oʻquvchini ohanrabodek oʻziga bogʻlab qoʻyadi. Obrazli aytganda, mutolaa tuzogʻiga ilinasiz. Bu shubhasiz ijodkorning bilim va salohiyati, mahoratidan dalolat.

Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?