“Xalq nazorati” portali va mobil ilovasi ishga tushadi

07:16 19 Mart 2020 Jamiyat
428 0

Foto: www.google.com

“Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4642-son, 17.03.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Toshkent shahar hokimligi taʼsischiligida MCHJ shaklidagi Raqamli rivojlanish departamenti hamda uning tuzilmasida tarmoq Loyiha ofislari tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.

Shunga koʻra, Toshkent shahar hokimligining Ijro apparati tuzilmasiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha hokim oʻrinbosari – Departament rahbari lavozimi kiritildi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-sentyabrdan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda davlat organlari va tashkilotlari quyidagilarga majbur:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona texnologik yechimlar, tasniflagichlar va standartlardan foydalanish;

dasturiy mahsulotlarni joriy etishda asosan litsenziyalash cheklovlaridan holi yagona ochiq formatdagi elektron hujjatlardan foydalanishni taʼminlash.

2020-yil 1-mayga qadar shahar infratuzilmasining holati, davlat xizmatlarining sifati va boshqa masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun “Xalq nazorati” portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?