“Xalq banki” filiali boshqaruvchisi pora talab qilayotgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi

13:26 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
170 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻz tuman boʻlimi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, AT “Xalq banki” Boʻz tuman filiali boshqaruvchisi A.A. “M” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan oʻz mablagʻlari hisobidan issiqxonalarni qurib bitkazganligi uchun Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamgʻarmasidan ajratilgan 66 mln. soʻmni “M” MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib berishi evaziga jamiyat rahbari F.A.dan 10 mln. soʻm pora talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Makur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?