Xayriddin Sultonov: “Prezidentimizning soʻzlari Muhammad bin Roshid Ol Maktumni toʻlqinlantirgandi”

12:22 28 Iyun 2019 Jamiyat
489 0

Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan Xalqaro Press-klub davom etmoqda.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi X.Sultonov oʻz fikrlarini bildirdi:

“Mamlakatimizda soʻnggi yillarda kitobxonlikka juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Kitob, adabiyot nafaqat oʻz madaniyatimizni boyitadigan, xalqaro diplomatik munosabatlarda ham taʼsirchan vosita ekanligi Prezidentimizning olib borayotgan siyosati misolida yaqqol anglash mumkin.

Prezidentimiz oʻtgan ikki yarim yillik faoliyatlari davomida dunyoning juda koʻp mamlakatlarida boʻlganida oʻsha davlatlarning rahbarlariga ulugʻ mutafakkirlarimiz asarlarini sovgʻa qilish amaliyotini yoʻlga qoʻydilar. Bu esa ijobiy natija bermoqda.

Jumladan, davlatimiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga boʻlgan rasmiy davlat tashriflari davomida mamlakatimizda chop etilgan BAA Vitse-prezidenti, Dubay amirligi hokimi, mashhur davlat va siyosat arbobi Muhammad bin Roshid Ol Maktumga muallifning yurtimizda nashr qilingan ikkita “Mening hayotim“, “Mening tasavvurim“ nomli kitoblari davlatimiz rahbari tomonidan sovgʻa qilindi.

Men shunga guvoh boʻldimki, kitob sovgʻa qilingan vaqtda Prezidentimiz Amirga “Kitobingizning beshinchi sahifasida bizning buyuk bobomiz Imom Buxoriy hazratlarining muborak hadislari keltirilgan ekan”, deb qayd etganlarida siyosatchining juda qattiq toʻlqinlanganiga guvoh boʻldik“, deya Sultonovning soʻzlaridan iqtibos keltiradi OʻzA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?