Xayriddin Sultonov: “Bizga ikkita qoʻshiq aytib yulduz boʻlib oladiganlar kerak emas, ilmga qiziqadigan yoshlar kerak”

16:44 28 Iyun 2019 Jamiyat
678 0

Xalqaro Press-klubning Islom sivilizatsiyasi markazidagi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter Xayriddin Sultonov bugungi kunda yetishib chiqayotgan ilmli, ziyoli yoshlar borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Mashhur polyak olimi Yan Geveliy yaratgan surat bor. Unda buyuk olimimiz Mirzo Ulugʻbek dunyoga mashhur astronom olimlari bilan oʻtirgani tasvirlangan. Oʻsha rasmda Ulugʻbek bobomiz orqasidagi lotincha yozuvni olimlarimiz tarjima qilishgandi. Unda shunday soʻzlar yozilgan: “Ilmimni munosib avlodlarimga qoldiraman“. Oʻylashimcha, bu soʻzlarni aytayotganda Ulugʻbek bobomiz bugungi kundagi ming-minglab ziyolilarimiz, olimlarimizni nazarda tutgan.

“Islom taraqqiyoti markazida bugun ishlaydigan kadrlar bormi?! Biz ularni tarbiyalashimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqiy yetuk, ilm fidoiylari markazi boʻlishi lozim. Ilm mashaqqatlariga haqiqatan tayyor boʻlgan fidoyi yoshlarni koʻpaytirishimiz kerak. Bir, ikki qoʻshiq aytib yulduz boʻlib oladigan qoʻshiqchilarni emas. Biz bunday estrada bilan uzoqqa bora olmaymiz. Bizga ilmga qiziquvchan yoshlar kerak, ularni tarbiyalashimiz lozim. Islom taraqqiyot markazi Oʻzbekistonning yangi renessans davrini boshlab berishi lozim”, deya gapirib oʻtgan Xayriddin Sultonov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?