Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini Jastin Getjiga qarshi oʻtkazishi mumkin

12:22 10 May 2020 Sport
551 0

AQSHda UFC 249 turniri boʻlib oʻtdi.

Turnirining markaziy jangida uzoq kutilgan jang Toni Fergyuson va Jastin Getji jangi boʻlib oʻtdi. Ushbu bahs vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etildi. Mazkur turnir UZREPORT TV telekanalida jonli efirda namoyish qilindi.
 

5 raundga moʻljallangan bahs toʻliq 5-raundda yakuniga yetdi. Bahs davomida asosan Jastin Getji ustunlik qildi. Toni Fergyuson muxlislar kutgan jangni namoyish eta olmadi. Beshinchi raundga kelib hakam jangni toʻxtatdi va Toni Fergyusonga texnik nokaut yozildi.

Jastin Getji yengil vaznning vaqtinchalik chempioniga aylandi. U navbatdagi jangini Xabib Nurmagomedovga qarshi oʻtkazishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?