Kerolin Lemm: “Maqsadimiz — AQSH tadbirkorlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatga erishish uchun oʻz bilim, tajriba va resurslarimizni oʻzbek hukumati bilan baham koʻrish”

16:54 05 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
276 0

Kerolin Lemm, Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi, “Doʻstlik” ordeni sohibi:

Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi tashkil topganining 25 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning menga “Doʻstlik” ordenini berish toʻgʻrisidagi Farmoni eʼlon qilinganini eshitib, gʻurur va iftixor hissini -tuydim.

Palataning raisi hamda asoschilaridan biri sifatida 1993 yil sentyabr oyini juda yaxshi eslayman. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi diplomatik aloqalar endi oʻrnatilgan, Amerikaning uchta kompaniya¬si tashabbusi bilan ikki davlat ishtirokidagi ilk savdo tashkiloti ochilgandi oʻshanda. Oʻtgan vaqt mobaynida uyushmamiz aʼzolari Oʻzbekistonda muvaffaqiyat bilan biznes olib bordi va men Oʻzbekiston iqtisodiyotida, xususiy sektorda, umuman, dunyo iqtisodiyotidagi koʻplab oʻzgarishlarga guvoh boʻldim. Xususan, iqtisodiyotning yildan-yilga barqaror surʼatlar bilan oʻsishi, yalpi ichki mahsulot hajmining 1993 yildagi 13 milliard dollardan bugungi kunga kelib, bir necha barobar oshib ketganini eʼtirof etish joiz. 25 yillik faoliyati davomida palatamiz ikki tomonlama tijorat va biznes aloqalarini yaxshilash borasida koʻplab yutuqlarga erishdi. Bugun biz Oʻzbekiston tomonidan olib borilayotgan islohotlarni ulkan sakrash sifatida baholaymiz. Qolaversa, shu yil may oyida ¬Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlari boʻyicha -erishilgan qariyb 5 milliard dollarlik bitimlar, biznes-rejalardan juda mamnunmiz.

1993 yildan buyon uyushmamiz aʼzolarining aksariyati Oʻzbekistonda faol biznes yuritmoqda va barchamiz Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatini olqishlaymiz. Prezident Mirziyoyev ikki mamlakat fuqarolari uchun biznes sektori keltirishi mumkin boʻlgan foydani tushunib turibdi. Tadbirkorlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash doim uning diqqat markazidadir. Prezident biznesni himoya qilyapti, biznesga yordam beryapti va Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorlik qilishga intilmoqda. Biz, Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi vakillari bunday qatʼiyatni qoʻllab-quvvatlaymiz va Amerika kompaniyalari, AQSH hukumati vakillarini shu yil 23 oktyabrda Toshkentda oʻtkaziladigan AQSH — Oʻzbekiston yillik biznes forumida ishtirok etishga chaqiramiz. Maqsadimiz — AQSH tadbirkorlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatga erishish uchun oʻz bilim, tajriba va resurslarimizni oʻzbek hukumati bilan baham koʻrish.

Bizning aʼzo kompaniyalarimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar joʻshqinligidan, shaffoflik, ochiqlik, xolislik, adolat, izchillik va barqarorlik singari oʻarbda kuchli qadrlanadigan ishbilarmonlik qadriyatlari ravnaq topayotganidan mamnun. Bularning barchasi har qanday amerikalik investor bozorga kirib kelishdan avval talab qiladigan qonun ustuvorligi va barqarorlikning asosidir. Shu sababdan ham Oʻzbekiston Prezidentining korrupsiyaga barham berish borasida qilayotgan harakatlariga yuksak baho beramiz hamda mamlakatdagi qonuniylik va huquq muhitini AQSH investitsiyalari yanada koʻproq kirib kelishiga yoʻl ochadigan darajaga olib chiqishda baholi qudrat koʻmaklashishga tayyormiz.

Hozirgi kunda Osiyo dunyoning eng kuchli raqobat makoniga aylangan ekan, bugungi Oʻzbekiston bu yerda yetakchi pozitsiyani egallamoqda. Agar islohotlar mana shunday kosmik tezlikda davom etsa, u bundan-da yuqori natijalarga erishishi muqarrar! Aminmanki, har ikki tomonning diqqat markazida boʻlgan masalalarni hal qilishda harakatlarimizni birgalikda davom ettiramiz, bu yerda — Qoʻshma Shtatlarda koʻplab xayrixoh doʻstlar borligiga Oʻzbekiston hukumatini inontira olamiz va Oʻzbekistonda ham bizning doʻstlarimiz koʻp ekaniga ishonamiz. Shu yil -oktyabrda boʻlib oʻtadigan AQSH — Oʻzbekiston ¬yillik biznes forumida Amerikaning koʻplab kompaniyalari qatnashadi, degan umiddamiz.

Ushbu ajoyib mukofotga loyiq koʻrilganimdan faxrlanaman va uni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun astoydil mehnat qi¬layotgan Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi ¬aʼzolari bilan boʻlishaman. Yuksak eʼtibor uchun rahmat, Oʻzbekiston!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?