“Keles” stansiyasi butunlay qayta taʼmirlandi

17:31 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
109 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ning maʼlum qilishicha, keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish maqsadida “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi tasarrufidagi stansiyalarni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

“Keles” respublikamizning qoʻshni davlat bilan temir yoʻl orqali bogʻlaydigan chegara hududiga yaqin stansiyalardan biridir. 2019-yil yanvar oyida ushbu stansiyada belgilangan rejaga koʻra taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan edi.

- “Keles” mamlakatimizning eng koʻrkam va barcha sharoitlarga ega 3-klass turiga mansub stansiyalaridan biriga aylandi,- deydi stansiya boshligʻi Rustam Mahamadjonov. - Joriy yilning oʻtgan vaqti mobaynida stansiyaning asosiy binosi tashqi va ichki qismi, ishchi-xodimlar xonalari tubdan taʼmirlandi. Unda xonalarga 14 ta zamonaviy sovitish va isitish uskunalari taʼminlandi va yangi jihozlar oʻrnatilib, koʻrkam gilamlar toʻshaldi, ishchi-xodimlarimiz toʻliq kompyuter texnikalariga ega boʻlishdi. Faoliyat koʻrsatayotgan temiryoʻlchilarning nazariy bilimi va tajribasini oshirish maqsadida oʻquv xonasi, amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun esa oʻquv poligoni ham tashkil etildi.

Taʼkidlash lozimki, stansiya hududida joylashgan yoʻl ustalarining dam olish binosi, oʻquv va yuvinish xonalari qayta taʼmirlanib, yangi mebel jihozlari oʻrnatildi. Atrof esa panjarali toʻsiqlar bilan oʻralib, archa va manzarali koʻchatlar, anvoyi gullar ekilib obodonlashtirildi.

Quvonarlisi aholiga qulaylik yaratish maqsadida stansiya hududida joylashgan yoʻlovchilar oʻtish yoʻlagi ham toʻliq taʼmirlanib, usti zamonaviy qoplama bilan yopildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?