“Kelajakni terrorizmsiz quramiz!”

16:14 11 Mart 2019 Jamiyat
478 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Elyorjon Ehsonov/Fargʻona. “Kelajakni terrorizmsiz quramiz!” shiori ostida xalqaro yoshlar festivali doirasida kutilgan barcha ishtirokchilar Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar markazida jam boʻldilar. Mehmonlar viloyat maʼmuriy markazida oʻziga xos fargʻonacha lutf bilan kutib olindi.

— Oʻzbek va tojik, oʻzbek va qirgʻiz xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmogʻiga oʻxshaydi, — deydi Osh viloyati gubernatori oʻrinbosari Ahmatjan Muhammadov. — Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu anʼanalarini davom ettirib, xalqlarimiz doʻstligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak. Aslida bugungi xalqaro festivalning tashkil etilishidan koʻzlangan maqsad ham shu.

— Men Fargʻona viloyatida birinchi bor boʻlishim, — deydi Qadamjoy rayoni, Qorachigʻoch qishlogʻidan kelgan Dosmamat Sultonov. — Bizni juda katta ehtirom va tantanalar bilan kutib olishdi. Juda xursandman. Usta shogird anʼanasi asosida ovulimizda uy-roʻzgʻor buyumlarini qoʻl uslubida ishlab chiqarish va shu yoʻnalishda tadbirkorlik bilan shugʻullanaman. Toʻgʻrisini aytsam, qoʻshni fargʻonalik yoshlar boʻsh vaqtlarini nimalar bilan oʻtkazishiga qiziqaman. Shu festival doirasida yoshlardan iborat hamkasb doʻstlar orttirib ular bilan tajriba alishish va doimiy ravishda ular bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?