Kechagi voqealardan soʻng...

10:55 16 Avgust 2019 Jamiyat
70 0

Illyustrativ foto

Axborotni erkin olish va tarqatish qanday kafolatlanadi?

Qonunchilikka muvofiq:

- jurnalist axborot toʻplash va tekshiruv oʻtkazish huquqiga ega;

- jurnalist tekshiruvi davrida u qoʻlga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qoʻyilishi yoki koʻzdan kechirilishi mumkin emas;

- davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, oʻz kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini taʼminlaydi;

- jurnalistning faoliyatiga aralashish, undan oʻz kasbiga doir vazifalarni bajarish chogʻida olgan biror bir maʼlumotni talab etish taqiqlanadi.

Jurnalist oʻz faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida boʻlishi, maʼlumotlarni belgilangan tartibda zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda Adliya vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim oʻtkazganlik uchun tegishli javobgarlikni qonunchilikda belgilash boʻyicha takliflar tayyorlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?