Kecha banklar qancha naqd pul sotdi?

14:06 22 Avgust 2019 Iqtisodiyot
185 0

21-avgustdan Oʻzbekiston banklari xorij valyutasini naqd shaklda sotishni boshlagan edi. Banklarda xorij valyutasini sotib olish boʻyicha hech qanday cheklov yoʻqligi haqida xabar bergan edik. Faqat valyuta sotib olish uchun shaxsni aniqlash amaliyotidan oʻtish zarur. Yaʼni pasport koʻrsatish va kvitansiyaga imzo chekish lozim.

Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev XPKda boʻlib oʻtgan sessiyada 21-avgust kuni banklar tomonidan 15 mln. dollar sotganini maʼlum qildi. Shundan 9,6 mln. dollari naqd koʻrinishidadir.

U regulyator har dushanba kuni buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar uchun valyutalar kursini eʼlon qilib borish davom ettirilishini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?