“Kavkaz asirasi”ning o‘zbekcha talqini suratga olinmoqda (foto)

13:43 20 Iyun 2018 Madaniyat
419 0

O‘zbekistonlik aktyor va rejissyor Sanjar Shodiyev mashhur Shurik va Nina hikoyasini o‘zbekcha talqinda suratga olishga kirishdi. Bu haqda My Day nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Leonid Gaydayning “Kavkaz asirasi” filmining o‘zbekcha nomi “Shurik Toshkentda” deb nomlangan.

Filmda Nina rolida taniqli aktrisa Zarina Nizomiddinova, Nikulin rolida Botir Imomxo‘jayev namoyon bo‘ladi. Lekin hozircha Shurik rolini qaysi aktyor o‘ynagani haqida ma’lumot berilmagan. Suratlarga, e’tibor qilsak, bosh qahramon ijrochisi debyutantga o‘xshamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?