Kattaqoʻrgʻonda ogʻufurush qoʻlga olindi

15:21 24 Iyul 2020 Jamiyat
181 0

Joriy yilning 21-iyul kuni Kattaqoʻrgʻon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahrining Koʻhnadam mahallasida joylashgan uylarning birida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida K.M.ga tegishli boʻlgan 2 dona gugurt quti ichiga qadoqlangan oʻtkir hidli giyohvandlik moddasi, xona ichida mavjud boʻlgan sumkachadan 3 dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddasining urugʻi, ushbu xona ichida mavjud boʻlgan isitish pechining ichidan bir dona, 1 litr sigʻimli yelim idishda giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?