Kattaqoʻrgʻon tumanida shokolad sexi ish boshladi

10:30 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
589 0

Kattaqoʻrgʻon tumanida “Qandolat invest” MCHJga qarashli shokolad va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyat berilayotganligi, yurtimizga koʻplab investitsiyalar kiritilayotgani natijasida iqtisodiyotimizda oʻsish va oʻzgarishlar haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Korxonada oʻz mablagʻlari hisobida 5 mlrd. soʻmlik ishlar bajarildi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 320 tonna boʻlgan korxonada 30 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan taʼminlandi. Shuningdek, ushbu korxona tomonidan keyingi oydan boshlab qiymati 2 mlrd. soʻmlik “Zanglamas metalldan konditerlik stollari ishlab chiqarish” va “Isteʼmol tovarlarini pishirish pechlari ishlab chiqarish” loyihalari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Buning natijasida yiliga 3200 dona stollar va 2240 dona pishirish pechi ishlab chiqariladi hamda 10 dan ortiq yangi doimiy ishchi oʻrinlar yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?