Kattaqoʻrgʻon tumanida kivi yetishtirilmoqda, bir tupidan yiliga 200 kilogacha hosil olinmoqda

16:01 24 Avgust 2020 Iqtisodiyot
344 0

Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Chigʻatoy qishlogʻida yashovchi Tohir Yorqulovning 10 sotixli tomorqasida bir qarich boʻsh yer topolmaysiz. Bu tomorqani Tohir aka rahbarlik qilayotgan “Chigʻatoy fayzli bogʻlari” fermer xoʻjaligining tajriba uchastkasi, desak xato boʻlmaydi. Sababi, shu kichikkina hovlida oʻnlab turdagi meva-sabzavotlar yetishtirilmoqda, koʻchatlar parvarishlanayapti.

Ahamiyatlisi, bu yerda 12 tup kivi daraxti mevaga kirgan. Har bir tupdan 200 kilogacha hosil olish mumkin.

— Kivi daraxtini koʻpaytirish maqsadida 500 tup koʻchat parvarishlayapmiz, — deydi T.Yorqulov. — Buning oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor. Mehr bilan parvarishlansa, albatta, yaxshi samara beradi. Kivi sitrus meva boʻlganligi uchun oʻzimizning iqlimga moslashishi oson emas, ammo qalovini topsang qor ham yonadi, deganlaridek, uddalasa boʻlar ekan. Parvarishlanayotgan koʻchatlarni payvand qilib, fermer xoʻjaligimiz yeriga koʻchirib oʻtqazamiz.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?