Katta magistralda yonib ketgan “Neksiya” boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi.

15:27 04 Mart 2019 Jamiyat
565 0

3 mart kuni Toshkent-Buxoro yoʻlida Neksiya avtomobili yonib ketgani haqida xabar bergandik. IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi “Xalq soʻzi“ga mazkur yongʻin haqida rasmiy maʼlumotni taqdim etdi.

Unda qayd qilinishicha, 2019 yilning 3 mart kuni Sirdaryo viloyati M-39 yoʻlining Toshkent-Termiz 937-km.da harakatlanib ketayotgan 1967 y.t. fuqaro Sh.X. boshqaruvida boʻlgan “NEXIA” rusumli avtomobilining motor qismida nosozlik sezib, toʻxtagan vaqtida avtomobilda yongʻin sodir boʻlgan.

Yongʻin boshlangan vaqtda haydovchi va 4 nafar yoʻlovchilar 2 nafar yosh bolalari bilan (2009 va 2018 y.t) avtomobildan tushib qolishga ulgurgan. Hech kim tan jarohati olmagan.

Yongʻin oqibatida avtomobil toʻliq zararlangan. Yongʻinni bartaraf etishga 1 ta yongʻin oʻchirish ekipaji jalb etilgan. Yongʻinni taxminiy sababi sifatida avtomobilning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi koʻrsatilmoqda.

Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea sodir boʻlgan joydan yongʻin oʻchirish qismigacha boʻlgan masofa 19 km.ni tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?