Katta magistralda “Neksiya” avtomobili yonib ketdi

17:12 03 Mart 2019 Jamiyat
1719 0

Illyustrativ foto

Toshkent - Buxoro yoʻnalishidagi magistral yoʻlning Sirdaryo viloyatidan chiqish qismi vaqtincha yopib qoʻyildi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, bunga ayni shu hududda “Neksiya” rusumidagi avtomobil yonib ketgani sabab bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobil Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga tegishlidir. O‘t oʻchiruvchilar yetib kelguniga qadar, barcha alanga oʻchirilishini kutib turgan.

Mashina ichida boʻlganlarning alanga boshlangan vaqtda salondan chiqib ulgurgani aytilmoqda.

Koʻngilsiz hodisa sabablari haqida maʼlumot yoʻq. Olov qanday kelib chiqqani ham nomaʼlum boʻlib turibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?