Kaspiyda AQSH harbiy bazasi bo‘lmaydi

15:15 13 Avgust 2018 Dunyo
692 0
Foto: TT-Info

Kaspiy mintaqasida AQSH harbiy bazalari bo‘lmaydi. Bu haqida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Qozog‘iston TIV rahbari AQSHdan Afg‘onistonga yuklarni tranzit qilish nafaqat ushbu davlat, balki boshqa mamlakatlar hududidan ham o‘tishi, boz ustiga bunda faqat noharbiy yuklarni tashish nazarda tutilayotganini ta’kidlagan.

“Gap Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash amaliyotlari davom ettirish uchun xalqaro jamoatchilikka nihoyatda zarur bo‘lgan noharbiy yuklarni tijoriy temiryo‘l orqali tranzit qilish haqida ketyapti”, — dedi u.

Q.Abdrahmanov bu borada Kaspiyda Amerika harbiy bazasini yoki boshqa bir xorijiy mamlakatning harbiy bazasini joylashtirish borasida so‘z bormayotganini ham qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 aprel kuni Qozog‘iston parlamenti Afg‘onistonga yuk yetkazib berish masalasida AQSH bilan imzolangan shartnomaga qo‘shimcha kiritgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019