Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetida oʻzbekistonlik talabalar ham bormi?

10:52 12 Mart 2019 Jamiyat
125 0

Qoraqalpoq davlat va Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetlari oʻrtasida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Bu borada kelishuvga Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universiteti rektori B.Axmetov boshchiligidagi delegatsiyaning universitetga tashrifi doirasida erishildi.

Hamkorlik shartnomasiga koʻra, universitetlar oʻrtasida professor-oʻqituvchilar almashish, ilmiy va madaniy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar neft-gaz, qurilish, biznes-iqtisodiyot va gumanitar sohalar boʻyicha bakalavriat “3+1”, magistratura “1+1” diplomi dasturiga doir hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqish boʻyicha masʼullarni belgilashdi.

Maʼlumot uchun, hozirda Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetida 800 nafardan ortiq xorijlik talabalar tahsil olsa, shundan 100 nafardan ortigʻini oʻzbekistonlik talabalar tashkil qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?