Kasb-hunar kollejiga oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan direktor oʻrinbosari ushlandi

14:41 16 Avgust 2019 Jamiyat
129 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori oʻrinbosari I.M. ushbu kollejga oʻqishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga oʻqishni koʻchirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?