Kasalxonada elektr oʻchib, koronavirusga chalingan bemorlarning koʻpchiligi vafot etgani rostmi?

23:06 12 Oktyabr 2020 Jamiyat
3010 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr taʼminoti uzilib qolgani haqida maʼlumotlar tarqaldi. Shuningdek, ushbu xabarlarda “COVID-19” markazida ahvol yomonlashib, kislorod konsentratoriga ulangan bemorlarning koʻpchiligi vafot etgani aytilgan.

Ushbu xabar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, shu yilning 6-iyulidan bemorlarni qabul qila boshlagan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi yangi va zamonaviy talablarga moslab qurilgan. Kecha Zangiotadagi shifoxonada elektr energiyasi uzilmagan.

Kasalxonada birorta ham oʻlim qayd etilmagan. Shifoxonada elektr uzluksizligini taʼminlash maqsadida 3 ta dizel generatori oʻrnatilgan. Barcha shifokorlar koronavirus bilan kurashga jalb qilingan bir vaqtda bunday boʻlishi aqlga sigʻmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?