Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasiga rais tayinlandi 

14:18 27 Mart 2018 Jamiyat
748 0


Hukumat qaroriga muvofiq Elyor Abduxoshimovich Toshpulatov Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining raisi etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.

Shuningdek, tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib Qo‘rg‘ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq tumanlari urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019