Karmanada Oʻzbekistonda muqobili yoʻq “xavfsiz yoʻlakcha” qurildi (Foto)

17:42 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
945 0
Foto: “Xalq soʻzi online”

“Xalq soʻzi online”. Temur Eshboyev/Navoiy. Karmana shahrining Islom Karimov koʻchasida yangi innovatsion loyiha asosida “Xavfsiz piyodalar yoʻlakchasi” qurib bitkazildi.

Mazkur hududda harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi koʻp funksiyali “AutocomMTR/uz” apparat-dasturiy kompleksi oʻrnatilib, foydalanishga topshirildi.

Yoʻlakcha sutkaning barcha paytida piyodalar xavfsizligini birdek taʼminlash maqsadida murakkab elektron vositalar bilan jihozlangan.

Xususan, ushbu piyodalar yoʻlakchasiga 50 va 30 metr yetmasdan vibroshovqinli qoplamalar yotqizilgan boʻlib, ular haydovchinining sergakligini oshirish bilan birga yoʻlakchaga yaqinlashayotganligidan ogoh etadi. Shuningdek, maxsus qurilmalar piyoda yoʻlakka kirishi bilan ishga tushib, oʻta sezgir detektorlar yordamida yoʻlakka piyoda kirayotganligi toʻgʻrisidagi ogohlik signalini harakatlanayotgan piyoda tasviri aks etgan yoʻl belgisiga uzatiladi. Ushbu signal haydovchilarni yoʻlakchada piyoda harakatlanayotganidan ogoh etadi.

“Kelgusida ushbu hududda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini fiksatsiya(qayd) qiluvchi 2ta hamda piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan fuqarolarni nazorat qiluvchi 2ta videokamera oʻrnatiladi. Shu orqali piyodalar xavfsizligini taʼminlash bilan birga yoʻl harakati qoidabuzarliklarining oldi olinadi”, - deydi viloyat IIB YXXB matbuot xizmati rahbari Elmurod Ashurov.

Foto: “Xalq soʻzi online”
Foto: “Xalq soʻzi online”
Foto: “Xalq soʻzi online”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?