Karmanada yirik agro majmua tashkil etildi

18:23 21 Aprel 2020 Iqtisodiyot
395 0

“Xalq so`zi ONLINE”

“Xalq soʻzi Online”/Azamat Zaripov. Karmana tumani “Sardoba” mahallasi hududida zamonaviy agro majmua tashkil etildi. U yerda issiqxona va mevali bogʻ, uzumzor tashkil qilish va 10 gektar maydonda poliz ekinlarini ekishishlari boshlab yuborildi.

“Zarafshon Golden Group” kompaniyasi taqdim etgan loyihaga koʻra 1 gektar yer maydonida issiqxona koʻchatlari yetishtirish va 9 gektar yer maydonida pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri va qulupnay yetishtirish uchun gidroponika usulida issiqxona qurish ishlari boshlandi. Bir gektar maydonda mevali bogʻ va 20 gektar yer maydonida uzumzor tashkil etilmoqda. Shuningdek, 6 gektar tarvuz, 2 gektarga loviya, 2 gektariga mosh va 2 gektar yer maydoniga qovoq ekilmoqda.

Barcha agrotexnik tadbirlar karantin qoidalariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Zamonaviy agro majmuada 30 nafardan ortiq yoshlar doimiy ish bilan taʼminlandi.

Ushbu loyiha Prezidentimizning qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yana-da rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?