Karmanada hunarmandchilik bozori tashkil etildi

14:42 24 Sentyabr 2020 Welcome to uzbekistan
292 0

Qadim Karmana oʻz milliy hunarmandchilik maktabiga ega hududlardan biri hisoblanadi. Tumanning “Sardoba” MFY hududida joylashgan “Raboti Malik Sardobasi” va “Raboti Malik” karvonsaroylaridan topilgan xalq hunarmandchiligi namunalari xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlaridan hikoya qiladi.

Aynan mazkur goʻshalarda Navoiy viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tuman hokimligi va tuman prokuraturasi amaliy koʻmagida hunarmandchilik bozori tashkil etildi.

Taʼkidlash joiz, ushbu maskanlar Samarqandda Buxoroga yoʻl olgan yoki ortga qaytayotgan xorijlik sayyohlar bir muddat toʻxtab oʻtadigan manzil hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur bozorning tashkil etilishi tumandagi yosh hunarmandlar qoʻli bilan yaratilgan mahsulotlarining xorijdan tashrif buyuruvchi mehmonlarga taqdim etilishi hamda viloyatda turizmining yana-da rivojlanishi imkoniyatini kengaytirishi shubhasiz.

Temur ESHBOYEV,
(Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?