Kardiologlar yurak kasalliklariga chalinganlarning umrlarini uzaytirish yoʻlini topishdi

12:05 22 Oktyabr 2018 Lifestyle
630 0
Illyustrativ foto

Kanadaning Alberta universiteti kardiologlari oʻzlari oʻtkazgan tadqiqot asosida yurak xuruji, ishemiya yoki insultni boshidan oʻtkazgan odamlar har yigirma daqiqada minimal harakat qilib tursa, oʻz umrlarini maksimal darajada uzaytirishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

EurekAlertʼning yozishicha, shifokor Aylar Ramadi Kanada kardiovaskulyar jamiyati kongressida qilgan chiqishida yurak kasalliklariga chalingan odamlar har kuni uncha murakkab boʻlmagan jismoniy mashqlarni bajarib turishi lozimligini qayd etib oʻtgan.

“Tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatdiki, yuragi kasal odam har 20 daqiqada oʻrnidan turib, keyingi yetti daqiqani jismoniy faollikka bagʻishlashi kerak”, - deydi u.

Uning tasdiqlashicha, hatto xona boʻylab vaqti-vaqti bilan aylanib yurish kuniga 770 kilokaloriya sarflashgan yordam beradi. Olimlar jismoniy faollikning yoʻqligi organizmda xolesterin va boshqa zararli yogʻlar yigʻilishiga olib kelishini eslatib oʻtishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?