Osiyo oʻyinlari. Bahriniso Boboyeva karateda kumush medal sohibi boʻldi

15:22 27 Avgust 2018 Sport
258 0
Foto: Anvar Ilyasov / MOQ

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston karate jamoasi yana bir medalga ega chiqdi.

-50 kg vazn toifasidagi vakili Bahriniso Boboyeva finalga qadar yetib bordi. Boboyeva nimchorak final bosqichida filippinlik Junna Sukini 2:1, chorak finalda Birlashgan Arab Amirliklari vakili Alajmi Havrani 5:1, yarim finalda esa tailandlik Raksachart Pavinani 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgandi.

Bahriniso finalda Xitoy Taypeyi vakili Shiashuang Guga 2:3 hisobida yutqazib qoʻydi va yakunda kumush medal sohibiga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston karate jamoasi bungacha Osiyo oʻyinlarida 2ta medal olishga ulgurgandi. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sadriddin Saymatov hamda -61 kg vazn toifasida ishtirok etgan Barno Mirzayeva bronza medal sovrindoriga aylangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?