Karantinni mehmonxonada oʻtkazish qanchaga tushadi? Narxlar maʼlum boʻldi

19:24 30 Iyun 2020 Jamiyat
465 0

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda oʻz hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi belgilandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati mazkur masalada quyidagi maʼlumotlarni keltirdi. Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik subyektlari roʻyxatlari shakllantirildi. Unga koʻra, 300 ming soʻmgacha narxdagi 599 ta oʻringa moʻljallangan jami - 13 ta, 301-500 ming soʻm narxdagi 4256 ta oʻringa moʻljallangan jami - 54 ta, 501 ming soʻmdan yuqori narxdagi 3616 oʻringa moʻljallangan jami 35 ta mehmonxonalar roʻyxati shakllantirilgan.

Shu oʻrinda, bitta reys orqali Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigiyenik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qoʻriqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi oʻrtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning roʻyxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami - 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida eʼlon qilib boriladi. Bunda mehmonxonalar oʻrinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga toʻlgach, roʻyxat yangilanib boriladi.

Mehmonxonalarda karantin davrini oʻtkazish yuzasidan yoʻriqnoma belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?