Karantinga olingan shaxslarning telefonlari nega olib qoʻyilmoqda?

15:41 10 Iyul 2020 Jamiyat
610 0

Savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi shtab aʼzosi Habibulla Oqilov javob berdi:

- Telefonlar infeksiyani saqlab qolish va tarqatish xususiyatiga ega. Shu sabab ularni karantin hududiga olib kirish sanitariya talablariga toʻgʻri kelmaydi.

Bundan tashqari, hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, karantinga olingan shaxslarning buyumlari bemor bilan muloqotda boʻlganlarni aniqlashtirish maqsadida ham vaqtincha olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?