Karantinda MIB harakatlari toʻxtatiladimi? 

12:24 26 Mart 2020 Jamiyat
162 0

Ayni daqiqalarda AOKA shtabida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori oʻrinbosari Shavkat Haydarov ishtirokida brifing oʻtkazilmoqda.

Brifingda eng muhim savollarga javob qaytarildi.

- Karantin davrida majburiy ijro harakatlari toʻxtatiladimi? Yoki qay tartibda amalga oshiriladi?

- Bugungi karantin davrida davlat ijrochilariga quyidagi majburiy ijro etish choralarini qoʻllanishini hamda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ijro harakatlari amalga oshirilishini KEYINGA QOLDIRISH tavsiya etilmoqda.

Yaʼni:

➖undiruvni turar joylardagi (yashash xonadonidagi) mol-mulkiga qaratish, shu maqsadda ularni xatlash va olib qoʻyish;

➖ijro hujjatida koʻrsatilgan muayyan ashyolarni qarzdor jismoniy shaxsdan olib qoʻyish va undiruvchiga topshirish;

➖qarzdorni koʻchirib chiqarish;

➖undiruvchini koʻchirib kiritish;

➖yer uchastkasini olib qoʻyish va oʻtkazish;

➖imorat (qurilma) ni buzib tashlash;

➖bolani olib berish va topshirish.

Davlat ijrochilariga yuqoridagi ijro harakatlarini faqat kechiktirib boʻlmaydigan hollardagina karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilib, hududiy boshqarma boshligʻi yoki uning oʻrinbosari ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi tushuntirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?