Karantin vaqtida savdo majmuasida tashkil etilgan qimorxona faoliyatiga chek qoʻyildi

16:21 25 Iyul 2020 Jamiyat
233 0

2020-yilning 21-iyul kuni soat 18:30 da Boʻka tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro 51 yoshli A.T., oʻziga tegishli Boʻka tumani Toshloq MFYda joylashgan savdo majmuasida 5 nafar shaxsga qonunga xilof ravishda pul tikib qimor oʻyini oʻynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tadbir davomida 1.510.000 soʻm va A.T., dan 10.000 soʻm miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Boʻka tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?