Karantin sharoitidan kelib chiqib, kontrakt miqdori oʻzgaradimi?

17:13 09 Iyul 2020 Jamiyat
572 0

Kontrakt pulini toʻlash tizimiga oʻzgartirishlar kiritildimi? Karantin sharoitidan kelib chiqib, moliyaviy imtiyozlar belgilanganmi?

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov savollarga javob qaytardi:

"Kontrakt miqdori boʻyicha hech qanday oʻzgarish kiritilmadi. Kontrakt puli eng kam oylik miqdoriga bogʻlangan. Agar shu bogʻlanish koefsiyenti oʻzgarsagina, kontrakt summasi oʻzgarishi mumkin.

Hozirgi kontrakt bazaviy miqdori shartli ravishda qoʻyilgan miqdor. U hamma xarajatlarni qoplaydigan miqdor emas. Bu miqdorning oʻzi imtiyozli.

Joriy yildan 10 ta OTM oʻzini oʻzi moliyalash tizimiga oʻtayotgan edi. Yaʼni bu OTMlar xarajatlarini qoplash uchun oʻzlari kontrakt miqdorini belgilashlari kerak edi. Lekin karantin sharoitidan kelib chiqib, ular shartnoma pulini oʻzgartirmaslikka qaror qilishdi. Bu ham imtiyozlardan biri hisoblanadi", dedi Majidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?