“Karantin qoidasini buzganlik uchun avtomobillarni jarima maydoniga tiqmang, qoʻyib yuboring, degan talabimiz boshidanoq toʻgʻri boʻlgan”

15:03 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
564 0

Sud karantin qoidalarini buzganlik uchun avtomobilni jarima maydoniga qoʻyilishini gʻayriqonuniy deb topibdi.

Shuningdek, fuqaroga jarima maydonchasida toʻplanib qolgan toʻlovni ham aybdorlardan undirish masalasida toʻgʻri tushuntirish beribdi va qonunbuzilishiga yoʻl qoʻygan masʼullarni ishxonasiga taqdimnoma kiritibdi.

Demak, biz adashmaganmiz va karantin qoidasini buzganlik uchun avtomobillarni jarima maydoniga tiqmang, qoʻyib yuboring, degan talabimiz boshidanoq toʻgʻri boʻlgan. Bu borada meni qonunni tushunmasga chiqarganlarga esa bu sud tomonidan munosib amaliy javob boʻlibdi.

Qonunlarni, yana bir bora aytaman qonunosti hujjati emas qonunlarni ustuvor, deb bilib, adolatli qaror qabul qiladigan jurʼatli sudyalarimiz yashasin!

Umid qilamanki, sud tizimida bunday misollar koʻp va ular oxirigacha shunday pozitsiyada turishadi, hech kim ularga qoʻngʻiroqlar qilib, “toʻgʻri tushuntirib” bosimlar qilmaydi.

Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?