Karantin qoidalarini buzishga hech kim haqli emas (Foto Video)

23:11 14 Aprel 2020 Jamiyat
4006 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Yoʻl-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 13-aprel kuni Toshkent yoʻllarida umumiy 834 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 394 ta yoʻl harakati qoidabuzarligi faktlari (68–tegishli hujjatlar yoʻqligi, 1–YPX xodimlarining qonuniy talablariga rioya qilmaslik, 97–boshqa yoʻl harakati qoidalarini buzish) qayd etildi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

204 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi. 135 ta avtomobil haydovchilariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54–moddasi “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” koʻra bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ulardan 153 ta avtomobil haydovchilari tegishli ruxsatnomasiz (stiker) shahar boʻylab harakatlanayotgani uchun jarima maydonchasiga joylandi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Ularga nisbatan SEX xodimlari tomonidan huquqbuzarlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54–moddasi 2 qismiga “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” koʻra bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha yaʼni (4 mln. 460 ming soʻmdan 6 mln. 690 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha yaʼni (6 mln. 690 ming soʻmdan 11 mln. 150 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?