Karantin qoidalarini buzgan sogʻliqni saqlash vaziri isteʼfoga chiqdi

14:06 28 Oktyabr 2020 Dunyo
300 0

Chexiya sogʻliqni saqlash vaziri Roman Primula koronavirus qarshi kurash yoʻlida oʻzi joriy etgan karantin qoidalarini buzgani uchun isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Deutsche Well xabar berdi. 

Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, davlat rahbari Milosh Zeman shifokor Yan Blatnini SSVning yangi rahbari etib tayinlashi kutilyapti. 

Blatni Brno shahridagi klinika direktori oʻrinbosari boʻlib ishlaydi. 

Ishdan ketayotgan vazir atrofidagi janjal oʻtgan hafta avj olgan edi. U Pruladagi hozirgi cheklov choralariga koʻra yopilishi kerak boʻlgan restoranni tark etayotganda paparassi “oʻljasi”ga aylangan. Koronavirusga chalingan bemorlar sonining keskin koʻpayishi munosabati bilan sogʻliqni saqlash vazirligi oʻtgan hafta restoran va barlarning yopilishi hamda ijtimoiy aloqalarning keskin cheklanishi haqida eʼlon qilgandi. Fuqarolarga uydan faqat ishga, shifokorga borish va yaqin qarindoshlarnikiga tashrif buyurish uchun ruxsat berildi. 

28-oktyabrdan boshlab tunda sogʻliqni saqlash vazirligining qarori bilan mamlakatda komendantlik soati joriy etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?