Karantin qoidalariga zid ravishda toʻy marosimi oʻtkazgan yana bir taniqli shaxs jarimaga tortildi

15:05 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
369 0

Internet tarmogʻida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda oʻtkazilgan toʻy tadbiri haqida maʼlumotlar tarqamoqda. Foto va videolardagi mehmonlar soni 50 dan oshgan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

Maʼlum qilinishicha, sanitariya-epidemiologiya xizmati ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Voxidjon I. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54 moddasiga koʻra jarimaga tortildi. Unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sanitariya-epidemiologiya talablariga jiddiy qarashingizni soʻraymiz. Turli marosimlar oʻzingizni va yaqinlaringizni hayotini xavf ostiga qoʻyish uchun sabab boʻla olmaydi” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?