Karantin qoidalariga zid faoliyat olib borayotgan tungi klublar, kafe va restoranlar aniqlandi

11:53 29 Sentyabr 2020 Jamiyat
859 0

Illyustrativ foto

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, Samarqand shahri boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahardagi bir qator obyektlarda oʻtkazilgan reyd tadbirlari chogʻida amaldagi tartiblarga zid ravishda ish olib borilayotgan tungi bar, kafe va restoranlar aniqlandi.

Jumladan, Panjob mahallasidagi tungi barda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu maskanda karantin qoidalariga zid ravishda 29 nafar fuqaroga xizmat koʻrsatilayotgani fosh etildi. Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan tungi klubda ham shunday holat kuzatildi.

Tezkor tadbirlar davomida 48 nafar fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar boʻlimlariga olib kelindi. Ularning 5 nafari tungi klublarda raqqosalik qiladigan qizlar ekanligi maʼlum boʻlgan.

Qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan tungi bar va kafelar masʼullariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, chora koʻriladigan boʻldi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?