Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq holatlar 55 mingdan oshdi

11:02 13 Aprel 2020 Jamiyat
485 0

arxiv foto

Karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika boʻyicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami – 55 386 ta holat aniqlangan. Ular:

- Toshkent shahrida – 9 029 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 7 705 ta holat;

- Fargʻona viloyatida – 7 635 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 5 497 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 4 154 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 4 066 ta holat;

- Namangan viloyatida – 3 252 ta holat;

- Andijon viloyatida – 3 243 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 2 256 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 2 070 ta holat;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 2 020 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 957 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 848 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 654 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 12-aprel kuni Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Zarkent” kishlogʻi, Istiqlol koʻchasida yashovchi 1981-y.t. B.D., Yuqorichirchiq tumani, “Navroʻz” mahallasi, A.Toʻqay koʻchasida yashovchi 1983-y.t. Sh.M., Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, “Sarqamish” mahallasi, Doʻng koʻchasida yashovchi 1994-y.t. U.Z., Andijon tumani, “Guliston” mahallasi, Guliston koʻchasida yashovchi 1999-y.t. Sh.T., Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, “Qaraxoni” mahallasi, “Yuqori rabot” qishlogʻida yashovchi 1993-y.t. I.Gʻ., Qorakoʻl tumani, “Ziyorat” mahallasida yashovchi 1987-y.t. Sh.T., Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumani, “S.Kamalov” ovulida yashovchi 1982-y.t. S.T.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar.

12-aprel kuni Namangan shahar, 3-Norin koʻchasida yashovchi 1989-y.t. A.X., Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani, “Bogʻyop” ovulida yashovchi 1978-y.t. A.E.lar ruxsatnomasiz oʻz transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

12-aprel soat 14:00da Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Bahor” mahallasi, Sokinlik koʻchasida yashovchi 2001-y.t. R.Sh. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54, 194 va 183-moddalari asosida Maʼmuriy ishlar boʻyicha Guliston tumani sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

12-aprel kuni Jizzax shahar, “H.Olimjon” mahallasi, N.Qoʻshoqov koʻchasida yashovchi 1997-y.t. X.I. “Kimyogar” mahallasida joylashgan oʻziga tegishli boʻlgan karaoke barda 5 nafar mijozlarga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

12-aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Chigʻanoq” mahallasida yashovchi 1993-y.t. A.Y. jamoat joyida ximoya niqobini taqmasdan, mast holatda fuqarolar osoyishtaligini buzib yurganligi aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari bilan Maʼmuriy ishlar boʻyicha Pop tumani sudi tomonidan A.Y.ga 15 sutka hamda 1 115 000 soʻm jarima jazosi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?