Karantin paytida byudjet tashkilotining 500dan ortiq xodimi majburiy mehnatga jalb etilganmi? 

13:26 16 Aprel 2020 Jamiyat
280 0

Internet nashrlarida Andijon viloyatida karantin va cheklov tadbirlari amalda boʻlishiga qaramay, byudjet tashkilotlarining 500 dan ortiq xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu holatni oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida Andijon tumani hududidagi adirlikka haqiqatdan2020-yil 10-11-aprel kuni yongʻoq koʻchatlari ekilgani va bunda Andijon viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasiga qarashli korxona ishchilari majburiy tarzda jalb etilgani aniqlandi.

Ushbu holatda, Mehnat kodeksining 124-moddasi hamda 177-moddasi talablari buzilganligi uchun korxona rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Oʻz navbatida Andijon viloyati Suv xoʻjaligi boshqarmasi, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Andijon hududgaz” MCHJ, Andijon viloyati “Suvoqava” DUKda olib borilgan oʻrganishlar natijasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlanmadi.

Bundan tashqari adirlik hududida Andijon, Buloqboshi tumani Obodonlashtirish boshqarmalarining haq toʻlanadigan jamoat ishiga jalb etilgan xodimlari 2020-yil 13-15-aprel kunlari Obodonlashtirish ishlarida ishtirok etgani aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?