Karantin davrida oʻqituvchilarga daftar tekshirish va sinf rahbarligi uchun pul toʻlanmaydimi?

12:29 25 Aprel 2020 Iqtisodiyot
267 0

Aprel oyidan direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladigan toʻlovlar toʻxtatildi. Lekin endilikda daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun ham pul toʻlanmaydi deyishdi. Shu maʼlumotga aniqlik kiritib bersangiz? Ushbu savolga Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov javob berdi.

“ Direktor jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilmaydigan, jumladan:

  • toifalar boʻyicha bazaviy tarif stavkalar,
  • chet tili oʻqituvchilari uchun ustama,
  • daftar tekshirish va informatika kabineti mudirligi (mehnat taʼtilidan tashqari boʻlgan yozgi oʻquv taʼtili davri bundan mustasno),
  • sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha toʻlovlar,
  • ixtisoslashgan maktablardagi xodimlarga belgilanadigan ustamalar, olis hududlarga borib ishlayotganligi uchun ustama va boshqa toʻlovlar saqlanadi”, deydi Umarov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?