“Kaptiva” “naushnik” taqib yoʻldan oʻtayotgan velosipedchini urib yubordi. U vafot etdi

17:55 23 May 2020 Jamiyat
286 0

21-may kuni soat 19:05 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Q.Rumiy koʻchasi, 6-uy qarshisida haydovchi 1971-y.t. A.V. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan qulogʻiga quloqchin taqqan holatda velosiped boshqarib oʻtayotgan, 1985-y.t. N.Ya.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada velosipedchi 35 yoshli N.Ya. (erkak) olgan tan jaroxatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yoʻllarda piyoda va velosipedchilarga eʼtiborli boʻlishlarini, belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qilishlarini, piyoda va velosipedchilar yoʻldan oʻtayotgan vaqtlarida quloqchin va boshqa vositalardan foydalanmasliklarini soʻrab qolamiz” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?